
ioqil.uz — bu mening shaxsiy portfolio saytim bo‘lib, unda xizmatlarim, loyihalarim va blog postlarim jamlangan. Sayt orqali mijozlarim va hamkorlarim mening ish tajribam, yo‘nalishlarim hamda ko‘rsatadigan xizmatlarim bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
Sayt maqsadi
- Shaxsiy brendni rivojlantirish.
- Mijozlar uchun xizmat va portfolio loyihalarni taqdim etish.
- Web dasturlash va texnologiyalar bo‘yicha tajriba va bilimlarni bo‘lishish.
Sayt strukturasida mavjud bo‘limlar:
- Hero section — qisqa va aniq kirish qismi.
- Men haqimda — shaxsiy tajriba va faoliyat haqida.
- Xizmatlar — mijozlarga taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati.
- Portfolio — yakunlangan va faol loyihalar.
- Blog — web dasturlash va texnologiyalar bo‘yicha maqolalar.
- Aloqa — bog‘lanish uchun qulay shakl.
Texnologiyalar va yondashuv
ioqil.uz sayti WordPress platformasida ishlab chiqilgan.
- Elementor yordamida modular va vizual dizayn yaratildi.
- ACF (Advanced Custom Fields) orqali dinamik kontent boshqaruvi yo‘lga qo‘yildi.
- Minimalistik, mobilga to‘liq moslashgan UI/UX konsepsiyasi qo‘llandi.
- SEO optimizatsiya va tezkor yuklanish uchun yengil struktura tanlandi.
Qabul qilingan texnik yechimlar:
- Zamonaviy dizayn va foydalanuvchiga qulay navigatsiya.
- Blog moduli orqali yangi postlarni tezda qo‘shish imkoniyati.
- Portfoliolar uchun maxsus custom post types.
- HTTPS sertifikat va xavfsiz hosting yechimi.
Natija
ioqil.uz hozirda mening asosiy shaxsiy vizitkam hisoblanadi. Sayt orqali yangi mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, xizmatlarimni taqdim etish va tajribamni ulashish jarayoni samarali yo‘lga qo‘yilgan.











