
Loyiha haqida
Redfort Textile O‘zbekistonning yirik trikotaj ishlab chiqaruvchilaridan biri. Kompaniya futbolka, polo, hoodie, sport kiyimlari va boshqa keng assortimentdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Jamoada 120+ xodim ishlaydi, ishlab chiqarish esa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan.
Sayt maqsadi
Brendning professional imidjini yaratish, mahsulotlarni onlayn tarzda taqdim etish va yirik buyurtmachilar bilan aloqani soddalashtirish.
Sayt strukturasida mavjud bo‘limlar:
- Asosiy sahifa
- Mahsulotlarimiz
- Biz haqimizda
- Ustunliklarimiz
- FAQ
- Aloqa
Texnologiyalar va yondashuv
Saytni ishlab chiqishda WordPress platformasidan foydalanildi. Elementor yordamida tezkor va moslashuvchan dizayn yaratildi. Mahsulot va kontentlarni boshqarish uchun Advanced Custom Fields (ACF) integratsiya qilindi. Bu yechim:
- Admin paneldan qulay boshqaruvni ta’minladi.
- Dinamik kontent (mahsulotlar, ustunliklar, savol-javoblar)ni oson qo‘shish imkonini berdi.
- Qidiruv tizimlariga moslashtirish (SEO) uchun qulay struktura yaratdi.
Qabul qilingan texnik yechimlar:
- Mobilga to‘liq moslashtirilgan dizayn.
- Qulay navigatsiya va tezkor yuklanish.
- Ko‘p tilli qo‘llab-quvvatlash imkoniyati (kelajakda kengaytirish uchun).
- Brend imidjiga mos minimalistik interfeys.
Natija
Redfort Textile veb-sayti hozirda kompaniya uchun asosiy vizit karta vazifasini bajaradi. Mijozlar mahsulot katalogi bilan tanishib, buyurtma jarayonida kerakli barcha ma’lumotlarni olishlari mumkin.

